Joriy yilning 21-noyabr kuni Davlat statistika qo‘mitasida 2019-yilning 13-15 noyabr kunlari Rossiyaning Moskva shahrida “Statistika uchun raqamli kun tartibi: samaradorlik, sifat va shaffoflik” mavzusi bo’yicha xalqaro konferensiya natijalariga bag‘ishlangan taqdimot o‘tkazildi.
Mazkur taqdimotda Davlat statistika qo‘mitasi Axborot xavfsizligi boshqarmasi boshlig`i Sh.Djanadilov xizmat safari davomida olgan ma'lumotlari va tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.
Taqdimot davomida aholini elektron ro'yxatga olish, statistikada raqamlashtirish, raqamli iqtisodiyotni o'lchash, Barqaror Rivojlanish Maqsadlari ko'rsatkichlarini monitoring qilish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, MDH davlatlarida aholini elektron ro'yxatga olish tajribalari muhokama qilindi.
Taqdimot davomida yuqoridagi mavzular bo‘yicha olingan bilim va tajribalar yuzasidan fikr-mulohaza almashinib, qatnashchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berildi.
Axborot xizmati