2019-yil 21-noyabr kuni Davlat statistika qo‘mitasida “O‘zbekiston Respublikasi bank tizimi: joriy holati va istiqbollari” mavzusida seminar tashkil etildi. Unda qo‘mita markaziy apparati xodimlari ishtirok etdi.
Seminarda Toshkent Moliya institutining Bank ishi kafedrsi dotsenti, iqtisod fanlari bo’yicha falsafa fanlari doktori F.K.Xolmamatov mavzu yuzasidan fikr bildirdi.
Tadbirni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad – yurtimizda bank tizimida sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar va ularning iqtisodiy ahamiyati bilan seminar ishtirokchilarini yaqindan tanishtirish.
Seminar davomida jahondagi rivojlangan banklarning tajribalari, yurtimizda bank tizimida amalga oshirilgan ishlar, qo‘lga kiritilgan yutuqlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar batafsil muhokama qilindi.
Shuningdek, yurtimizda tadbirkorlik va biznesni rivojlantirishda hamda pul-kredit tizimini barqarorligini ta’minlashda bank tizimining ahamiyati haqida fikr almashinildi.
Axborot xizmati