21/11/2019

Joriy yilning 20-noyabr kuni Davlat statistika qo’mitasiga Fransiyaning O’zbekistondagi elchixonasi vakillari 2022-yilda o’tkazilishi ko’zda tutilayotgan aholini ro'yxatga olishga tayyorgarlik ishlari bilan tanishish maqsadida tashrif buyurishdi.

Rаisining ijtimoiy statistika bo’yicha o’rinbosari Maxmudjon Ziyadullayev Fransiya delegatsiyasi vakillari bilan muloqot olib bordi.  Uchrashuvda 2022-yilda rejalashtirilgan aholini ro’yxatga olish ishlariga tayyorgarlik jarayoni va uning hozirgi holati to’g’risida so’z yuritildi. Delegatsiya vakillari aholini ro’yxatga olishda Fransiya tajribasi bilan o’rtoqlashishdi, O’zbekistonda o’tkaziladigan tadbirda ishtirok etish va bevosita yordam ko’rsatish istagini bildirishdi.

Tomonlar o’zaro hamkorlikning boshqa istiqbolli yo’nalishlari to’g’risida ham fikr almashdi.

Axborot xizmati