21/11/2019

Joriy yilning 20-noyabr kuni Davlat statistika qo‘mitasida qo‘mitaning markaziy apparati xodimlari uchun xizmat safari yakunlariga bag‘ishlangan taqdimot bo‘lib o‘tdi. Taqdimot tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi boshqarmasi boshlig‘i Irgashev Botir Samarovich tomonidan o‘tkazildi.

Taqdimotda B.Irgashev joriy yilning 14-15 noyabr kunlari Qozog‘iston Respublikasi Nur-Sulton shahrida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi bilan birgalikda tashkil etilgan "Xalqaro tovarlar savdosining milliy statistikasi: ertangi kunni kutish" mavzusidagi mintaqaviy seminar davomida to‘plangan bilim va ko‘nikmalari bilan o‘rtoqlashdi.

Seminarda eng muhim xalqaro tavsiyalarni qo‘llashda statistik potensialni rivojlantirish, elektron tijoratning statistik o‘lchami va katta ma'lumotlardan foydalanishda paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan imkoniyatlari to‘g‘risida atroflicha ma’lumot berildi.

Shuningdek, seminar davomida tashqi savdo statistikasini takomillashtirish va modernizatsiya qilish bo‘yicha dolzarb mavzular va muammoli masalalar muhokama qilindi.

Taqdimot davomida ma'ruzachi tomonidan ishtirokchilarning barcha qiziqtirgan savollariga batafsil tushuntirishlar berildi, hamda amaliyotda foydalanish uchun mavzuga oid qo‘llanmalar tarqatildi.

 

Axborot xizmati