21/11/2019

Joriy yilning 20-noyabr kuni Davlat statistika qo‘mitasida markaziy apparati xodimlari uchun xizmat safari yakunlari bo‘yicha taqdimot bo‘lib o‘tdi. Taqdimot 2019-yilning 12–15-noyabr kunlari Ukrainaning Kiyev shahrida Yevropa statistika idorasi (Yevrostat) tomonidan “Ma'muriy ma'lumotlar asosida aholini ro‘yxatga olish” mavzusida seminar natijalariga bag’ishlandi.

Mazkur seminarda Davlat statistika qo‘mitasi Aholi, demografiya va mehnat statistikasi bo‘yicha yig‘ma tahliliy axborotlarni shakllantirish bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Tolib Sidikov xizmat safari davomida olgan ma'lumotlari va tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.

Jumladan, seminarda muhokama qilingan aholini ro‘yxatga olish sohasidagi so‘nggi yangiliklar, aholini ma'muriy ma'lumotlar asosida ro‘yxatga olish, an'anaviy ro‘yxatga olish hamda ushbu usullarni birlashtirib ro‘yxatga olish bo‘yicha qator masalalarga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Seminar davomida yuqoridagi mavzular bo‘yicha olingan bilim va tajribalar yuzasidan fikr-mulohaza almashinib, qatnashchilarning qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berildi.

 

Axborot xizmati