20/11/2019

Joriy yil 20-noyabr kuni Davlat statistika qo‘mitasida “Gender tengligi va xodimlar o‘rtasida muomala madaniyati” mavzusida navbadagi seminar tashkil etildi. Unda qo‘mita markaziy apparati xodimlari ishtirok etdi.

Tadbirga Toshkent moliya instituti "Kasbiy psixologiya, jismoniy tarbiya va sport" kafedrasi  katta o‘qituvchisi Abdumajidova Dildora Rahmatullayevna taklif etildi. U yuksak huquqiy ong va kadrlar salohiyati xususida atroflicha so‘z yuritdi.

Seminarni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad – gender tengligini shakllantirish, kadrlar salohiyatini oshirish, xodimlar o‘rtasida muomala madaniyati va do‘stona muhitni qaror toptirish, rahbar kadrlar ish uslubi va boshqarish qobiliyatini takomillashtirishga ko’maklashishdir.

Seminarda jamiyatda erkaklar va ayollar tengligini ta’minlash, huquqiy ong va madaniyatni yuksaltirish zarurati, jamoat joyida o‘zini tutish qoidalari, muomila madaniyatining salbiy va ijobiy tomonlari haqida so‘z yuritilib, hayotiy misollar yordamida atroflicha tushuntirildi.

Tadbir so‘ngida xodimlarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berildi.

Axborot xizmati