20/11/2019

Joriy yilning 20-noyabr kuni Davlat statistika qo‘mitasida mamlakatimizdagi turli vazirlik va idoralar hamda banklar xodimlari uchun “Ochiq ma’lumotlarga kirish” o‘quv kursi tashkil etildi.

Ushbu o‘quv kursda 70 ga yaqin vazirlik, idora va banklar xodimlari ishtirok etdi.

Mazkur o‘quv kurslarining asosiy maqsadi – “Ochiq ma’lumotlar” va ularning ahamiyati va zarurligi, ulardan foydalanishning afzalliklari, O‘zbekiston Respublikasining Ochiq ma’lumotlar portalida ma’lumotlar to‘plamlarini joylashtirish bo‘yicha ko‘nikmalarni hosil qilish ko‘zda tutilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat boshqaruvi ochiqligini va shaffofligini ta’minlash hamda mamlakatning statistika salohiyatini oshirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2019-yil 9-apreldagi PQ-4273-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining O‘zbekistondagi loyihalari Koordinatori hamda Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki IT-park tomonidan vazirlik va idoralar xodimlari uchun “Ochiq ma’lumotlarga kirish” malaka oshirish kurslari tashkil etib kelinmoqda.

 

Axborot xizmati