19/11/2019

2019-yil 13–15-noyabr kunlari Shveytsariyaning Nevshatel shahridagi Shveytsariya federal statistika boshqarmasida “Statistik ko‘rsatkichlar” mavzusida o‘quv kursi o‘tkazildi.

Tadbirda Sharqiy Yevropa, Kavkaz va Markaziy Osiyo mamlakatlari (Armaniston, Ozarbayjon, Belorus, Gruziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Mo‘g‘iliston, Tojikiston, Ukraina va O‘zbekiston)ning statistika idoralari vakillari ishtirok etdi.

O‘quv kursida O‘zbеkiston Rеspublikasi Davlat statistika qo‘mitasidan Xizmatlar sohasi statistikasi boshqarmasi boshlig‘i Akmal Umarov hamda Yig‘ma-axborot ishlari boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Yig‘ma tezkor ma’lumotlarni va indikator ko‘rsatkichlarini shakllantirish bo`limi boshlig‘i Oybek Rustamov qatnashdi.

O‘quv kursi davomida tinglovchilarga statistik ko‘rsatkichlar tizimini yaratishda nazariy va uslubiy bazalarni shakllantirish hamda ko‘rsatkichlar ishlab chiqishda statistika idoralari va foydalanuvchilar o‘rtasidagi hamkorlik bo‘yicha ma'lumotlar bеrildi.

Tadbirda shuningdek, belgilangan dastur asosida ma'ruzalar tinglanib, amaliy mashg‘ulot, bahs-munozara va tajriba almashish kurslari tashkil etildi.

 

Axborot xizmati