2019-yil 14–15-noyabr kunlari Qozog'iston Respublikasining Nur Sulton shahrida Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga a'zo davlatlar, O'rta Osiyo va Sharqiy Yevropaning boshqa manfaatdor mamlakatlari uchun "Tovarlarning xalqaro savdosi milliy statistikasi: ertangi kunni kutish" mavzusida mintaqaviy seminar bo'lib o'tdi.
Seminar Birlashgan Millatlar Tashkilotining statistika bo'limi tomonidan Yevrosiyo iqtisodiy komissiyasi hamkorligida tashkil etildi.
Tadberda MDHning 10 mamlakatidan 36 nafar vakil ishtirok etdi. O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasidan Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi boshqarmasi boshlig'i Irgashyev Botir Samarovich ishtirok etdi.
Seminarning asosiy maqsadi – eng muhim xalqaro tavsiyalarni qo'llashda statistik potentsialni rivojlantirish (Tovarlarning xalqaro savdosi statistikasi (SMTT-2010)), elektron tijoratni statistik o'lchami va SMTT uchun katta ma'lumotlardan foydalanish imkoniyatlari to'g'risida xabardorlikni oshirishdir.
Axborot xizmati