2020-yil uchun davlat statistika hisoboti shakllari Davlat statistika qo‘mitasining 2019-yil 2-oktabrdagi 10-mb sonli qarori bilan tasdiqlandi.
Davlat statistika qo‘mitasining 2019-yil 2-oktabrdagi 10-mb-son qarori bilan tasdiqlangan, Adliya vazirligi tomonidan belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan (ro‘yhat raqami 3193, 2019-yil 4-noyabr) 2020-yil uchun davlat statistika hisoboti shakllari Davlat statistika qo‘mitasining rasmiy saytida quyidagi manzil bo‘yicha joylashtirildi: http://stat.uz/uz/443-tadbirkorlar-uchun2/7739-hisobotlar-shakilari-2020
Ushbu davlat statistika hisobotlari hisobot topshiruvchi subyektlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, 2019-yil uchun yillik va 2020-yil davrlari uchun taqdim etiladi.
Shuni eslatib o‘tmoqchimizki, barcha hisobot shakllari elektron ko‘rinishda Internet tarmog‘i orqali eStat 3.0. dasturidan foydalangan holda taqdim etilishi lozim.
Axborot xizmati