2019-yilning 12–15-noyabr kunlari Ukrainaning Kiyev shahrida Yevropa statistika idorasi (Yevrostat) tomonidan “Ma'muriy ma'lumotlar asosida aholini ro‘yxatga olish” mavzusida seminar o‘tkazildi.
Unda Davlat statistika qo`mitasi Aholi, demografiya va mehnat statistikasi bo‘yicha yig‘ma tahliliy axborotlarni shakllantirish bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Tolib Sidikov ishtirok etdi.
Seminarning asosoiy maqsadi – aholini ro‘yxatga olish sohasidagi so‘nggi yangiliklar, aholini ma'muriy ma'lumotlar asosida ro‘yxatga olish, an'anaviy ro‘yxatga olish hamda ushbu usullarni birlashtirib ro‘yxatga olish bilan ishtirokchilarni tanishtirishdan iborat.
Tadbirda Armaniston, Belarus, Ozarbayjon, Moldova, Gruziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Ukraina va O‘zbekistondan statistika organlari mutaxassislari qatnashdi.
Seminar davomida O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olish bo‘yicha olib borilayotgan tayyorgarlik ishlari yuzasidan batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, seminarda ishtirokchi davlat vakillarining aholini ro‘yxatga olish bo‘yicha amalga oshirayotgan ishlari bo‘yicha taqimotlar namoyish etildi.
Axborot xizmati