18/11/2019

2019-yil 11-15-noyabr kunlari Yaponiyaning Chiba shahrida Osiyo va Tinch okeani mintaqasi mamlakatlari uchun "Statistikani rivojlantirish bo'yicha milliy strategiya (NSDS) va ma'lumotlarni rejalashtirishning zamonaviy vositalari" (ADAPT) mavzusida 6-mintaqaviy o’quv kurs bo'lib o'tdi.

Ushbu kurs Birlashgan Millatlar Tashkilotining Osiyo va Tinch okeani bo'yicha statistika instituti (SIAP) hamda Statistikani rivojlantirish bo'yicha Parij bitimi doirasida hamkorlikda tashkil etildi.

O'quv kursida Osiyo va Tinch okeani mintaqasidagi 12 mamlakatning 23 nafar vakili qatnashdi. O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasidan Axborot tarqatish, xalqaro hamkorlik va axborot almashinuvi boshqarmasi boshlig'i Mamadaliev Odiljon Toirovich ishtirok etdi.

Kursning asosiy maqsadi - milliy statistika idoralari hamda Osiyo va Tinch okeani mintaqasidagi milliy rejalashtirish idoralarining ma'lumotlarni rejalashtirish va milliy ma'lumotlar ustuvorligi, ehtiyojlarini hisobga olgan holda statistikani rivojlantirish milliy strategiyasini ishlab chiqish salohiyatini oshirishdan iborat.

Kurs natijalariga ko'ra qatnashchilarga tegishli sertifikatlar topshirildi.

 

Axborot xizmati