2019-yil 12-noyabr kuni O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasida markaziy apparat mutaxassislari uchun "Ixtiyoriy milliy sharhning (IMSH) asosiy tushunchalari, tuzilishi, elementlari, yo'l xaritasi va afzalliklari, shuningdek, Davlat statistika qo'mitasining IMSH tayyorlashda tutgan o'rni" mavzusida seminar bo'lib o'tdi.
Seminar 2019-yil 4–7-noyabr kunlari Gruziyaning Tbilisi shahrida IMSH tayyorlash bo'yicha tajriba va usullarni almashish bo'yicha bo'lib o'tgan «Twinnning» natijalari asosida tashkil etildi.
Seminarda, O.Aleshunina o'z ma'ruzasida IMSH asosiy tushunchalari, tuzilishi, elementlari, yo'l xaritasi va afzalliklari, shuningdek, Davlat statistika qo'mitasining IMSH tayyorlashda tutgan o'rni haqida ma'lumot berdi.
Taqdimot bahs-munozaralar asosida o'tdi. Olingan bilim va ko'nikmalarni xalqaro tajribaga asoslangan holda amaliyotga tatbiq etish bo'yicha tavsiyalar berildi.
Axborot xizmati