14/11/2019

Davlat statistika qo`mitasida Estoniyaning Tallin shahrida Elektron sog'liqni saqlash bo`yicha tashkil etilgan o'quv safari natijalariga bag`ishlangan seminar bo`lib o`tdi.

Tadbirda 2019-yilning 4–8-noyabr kunlari Tallin shahridagi mazkur o`quv seminarda ishtirok etgan Ijtimoiy soha va barqaror rivojlanish statistikasi boshqarmasining Ta`lim, sog`liqni saqlash, fan va innovatsiya sohalarida statistik kuzatuvlar bo`limi boshlig`i Jahongir Qambarov sog'liqni saqlashda axborot tizimlari va ma'lumotlarni boshqarishning xalqaro standartlaridan foydalanish bo'yicha Estoniya tajribasi haqida ma`lumot berdi.

Seminarda J.Qambarov sog'liqni saqlash bo`yicha maʼlumotlarni yig‘ish va tahlil qilishda maʼlumotlar sifatini yaxshilash, sog'liqni saqlash sohasidagi so'nggi xalqaro tajribalar asosida ilg'or axborot tizimlarini joriy etish kabi masalalar yuzasidan batafsil ma’lumot berdi.  

Axborot xizmati