13/11/2019

Kadrlar salohiyati, ma’naviyati va ularning huquqiy madaniyati doimiy e’tibor talab etadigan mas’uliyatli vazifadir. Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan bu borada ko‘plab ijtimoiy, ma’rifiy tadbirlar tashkil etib kelinmoqda.

Joriy yil 13-noyabr kuni Davlat statistika qo‘mitasida “Muomala madaniyati va boshqaruv qobiliyati” mavzusida navbadagi seminar tashkil etildi. Unda qo‘mita markaziy apparati xodimlari ishtirok etdi.

Tadbirga Toshkent moliya instituti "Kasbiy psixologiya, jismoniy tarbiya va sport" kafedrasi  katta o‘qituvchisi Abdumajidova Dildora Rahmatullayevna taklif etildi. U yuksak huquqiy ong va kadrlar salohiyati xususida atroflicha so‘z yuritdi.

Seminarni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad – kadrlar salohiyatini oshirish, xodimlar o‘rtasida muomala madaniyati va do‘stona muhitni qaror toptirish, rahbar kadrlar ish uslubi va boshqarish qobiliyatini takomillashtirishga ko’maklashishdir.

Seminarda jamiyatimizda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish zarurati, jamoat joyida o‘zini tutish qoidalari, muomila madaniyatining salbiy va ijobiy tomonlari haqida so‘z yuritilib, hayotiy misollar yordamida atroflicha tushuntirildi.

Tadbir so‘ngida xodimlarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berildi.

Axborot xizmati