Shu yil 13-noyabr kuni Davlat statistika qo’mitasida Janubiy Koreya Respublikasining Tejon shahridagi Statistika hodimlarini malaka oshirish institutida “Statistik salohiyatni oshirish va demografik ma’lumotlarni o’rganishda axborot texnologiyalarini joriy etish” mavzusida o’tkazilgan o‘quv kursi yakunlariga bag'ishlangan taqdimot bo'lib o'tdi.
Seminarda Davlat statistika qo‘mitasining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish va interaktiv davlat xizmatlari boshqarmasi Axborot resurslarini yuritish va interaktiv davlat xizmatlari bo`limi boshlig’i Samadov Shaxboz xizmat safari davomida orttirgan tajribalari bilan o'rtoqlashdi.
Tadbir davomida ishtirokchilar Koreyaning xalqaro statistik salohiyatni oshirish va demografik ma’lumotlarni o’rganishda axborot texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha tajribasi va ish usullari bilan tanishdi, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.
Qayd etilishicha, sessiya davomida quyidagi yo‘nalishlarda statistikani takomillashtirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqilgan:
- Aholini ro’yxat olish tizimini takomillashtirish;
- Demografiya sohasiga axborot texnologiyalarini joriy etish;
- Aholi va uy-joy fondini ro‘yxatga olishda ma'lumotlarni elektron yig‘ish texnologiyalari.
Taqdimot jarayonida kun tartibidagi masalalar keng muhokama qilindi. Xalqaro tajribadan kelib chiqqan holda olingan bilim va ko‘nikmalarni amaliyotga joriy etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berildi.
Seminar yakunida mavzu yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. Koreyaning xalqaro statistik salohiyatni oshirish va demografik ma’lumotlarni o’rganishda axborot texnologiyalarini joriy etish tajribasi bo'yicha ilg‘or metodlarni qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Axborot xizmati