13/11/2019

2019 yil 4-7 noyabr kunlari Tbilisi shahrida (Gruziya) 2020 yilda Yuqori darajadagi siyosiy forumda O'zbekiston Respublikasi taqdim  etadigan Ixtiyoriy milliy sharhni tayyorlashda tajriba va uslubiyotni almashish bo'yicha “Twinning”  bo'lib o'tdi.

Ushbu tadbir Rikkardo Meziano tashabbusi bilan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Osiyo va Tinch okeani bo'yicha iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi (BMT OTOIIK), O'zbekiston va Gruziya tashqi ishlar vazirligi tomonidan tashkil etildi.

O'zbekiston delegatsiya tarkibida vazirliklar va idoralar, fuqarolik jamiyati, nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari vakillari, shuningdek, Parlament vakillari, BMTning O'zbekistondagi rasmiy vakolatxonasi vakili ishtirok etdi. Tadbirda, O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi tomonidan Barqaror rivojlanish va ijtimoiy soha tarmoqlari statistikasi bo`yicha yig`ma tahliliy axborotlarni shakllantirish bo`limi boshlig'ining o'rinbosari O. Aleshunina ishtirok etdi.

2019 yil 4 noyabr kuni Tashqi ishlar vazirligida vazirliklar va idoralar, fuqarolik jamiyati, nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari vakillari, shuningdek, ikki mamlakat Parlamentlari vakillarining uchrashuvi bo'lib o'tdi. Uchrashuvda Gruziyada ixtiyoriy milliy sharhni (IMSH) tayyorlash uchun materiallar taqdimoti o’tkazildi. Shu bilan birga, Gruziyaning BRM ko'rsatkichlari monitoringi va IMSHni tayyorlash bo'yicha ma'lumotlarni taqdim etish mexanizmi taqdim etildi.

2019 yil 5 noyabr kuni Gruziya Adliya vazirligida vazirliklar va idoralar, fuqarolik jamiyati, nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari vakillari, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Parlamenti vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Shuningdek, Gruziya moliya vazirligida vazirliklar va idoralar, fuqarolik jamiyati, nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari vakillari, shuningdek, O'zbekiston parlamenti vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

2019 yil 6 noyabr kuni Gruziya milliy statistika xizmatida O'zbekiston delegatsiyasi vakillari bilan ishchi uchrashuv bo'lib o'tdi. Ishchi yig'ilishni Ijrochi direktor o'rinbosari Lea Dzebizauri ochdi. Uchrashuvda BRM ko'rsatkichlarining shakllanishi va IMSHni tayyorlashda GEOSTATning o'rni muhokama qilindi.

“Twinning” dasturi Ixtiyoriy milliy sharhni tayyorlashda qo'llaniladigan ilg'or tajriba va saboqlarni olish imkonini beradi. “Twinning”  yordamida  a'zo-mamlakatlar 2030 yilgacha bo'lgan davr uchun kun tartibini va Barqaror rivojlanish maqsadlarini (BRM) amalga oshirishda taraqqiyotni tezlashtirish uchun, hamkorlik munosabatlarni o'rnatish orqali ko'p tomonlama yordamni jalb etish imkoniyatiga ega bo'ldi.

Axborot xizmati