2019-yil 3-noyabrdan 10-noyabrgacha Janubiy Koreyaning Tejon shahridagi Statistika xodimlarining malaka oshirish institutida “Statistik salohiyatini oshirish va demografik ma’lumotlarni o‘rganishda axborot texnologiyalarini joriy etish” mavzusida o‘quv kursi o‘tkazildi.
Tadbirda Yevroosiyo, Afrika, Janubiy Amerika va Markaziy Osiyo mamlakatlari (Mo‘g‘iliston, Tanzaniya, Boliviya, Bosniya va Gersegovina, Peru, Qirg‘iziston, Uganda, Mozambik, Qozog‘iston, Myanma, Belorussiya, Shri-Lanka, BAA va O‘zbekiston)ning statistika idoralari vakillari ishtirok etdi.
O‘quv kursida O‘zbеkiston Rеspublikasi Davlat statistika qo‘mitasidan Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish va interaktiv davlat xizmatlari boshqarmasi Axborot resurslarini yuritish va interaktiv davlat xizmatlari bo`limi boshlig‘i Shaxboz Samadov qatnashdi.
Bir hafta davom etgan o‘quv kursda tinglovchilarga xalqaro statistik salohiyatni oshirish va demografik ma’lumotlarni o‘rganishda axborot texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha ma'lumotlar bеrildi.
Tadbirda shuningdek, belgilangan dastur asosida ma'ruzalar tinglanib, amaliy mashg‘ulot, bahs-munozara va tajriba almashish kurslari tashkil etildi.
Axborot xizmati