11/11/2019

Sizni Davlat statistika qo‘mitasi hamda Jahon banki ekspertlari guruhi ko‘magida 2019-yil 14-noyabr kuni soat 9:30 da “City Palace” mehmonxonasining “Grand Ball Room” konferensiyalar zalida “Statistikani rivojlantirishning milliy strategiyasi” loyihasi bo‘yicha tashkil etilayotgan seminarda ishtirok etish uchun taklif etamiz!

Agar Sizda mazkur mavzu yuzasidan batafsil ma`lumotga ega bo`lish hamda qo`mita faoliyatiga doir o`zingizni qiziqtirgan savol bo`lsa, unda marhamat. Biz Siz bilan doimo muloqot qilishga tayyormiz.

Manzil: Toshkent sh., Amir Temur ko‘chasi, 15.

Davlat statistika qo`mitasi Axborot xizmati