2019-yil 7-noyabr kuni Davlat statistika qo‘mitasida “Soliq islohotlarining mohiyati” mavzusida seminar tashkil etildi. Unda qo‘mita markaziy apparati xodimlari ishtirok etdi.
Seminarda Bank-moliya akademiyasi Soliq va soliqqa tortish kafedrasi mudiri, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Niyazmetov Islambek Masharipovich mavzu yuzasidan fikr bildirdi.
Tadbirni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad – soliq va soliq qonunchiligida sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar va ularning iqtisodiy ahamiyati bilan seminar ishtirokchilarini yaqindan tanishtirish.
Seminar davomida 2019-yil mobaynida budjet-soliq tizimida amalga oshirilgan yangiliklar, qo‘lga kiritilgan yutuqlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar batafsil muhokama qilindi.
Shuningdek, yurtimizda tadbirkorlik va biznesni rivojlantirishda hamda yashirin iqtisodiyotning ulushini kamaytirishda soliq islohotlarining ahamiyati haqida fikr almashildi.
Axborot xizmati