07/11/2019

Joriy yil 7-noyabr kuni Davlat statistika qo‘mitasida 2019-yilning 23–25-oktabr kunlari Anqara shahrida (Turkiya) bo‘lib o‘tgan Islom hamkorlik tashkiloti Statistika komissiyasi Byurosining 8-sessiyasi yakunlari bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi.

Taqdimotda Qo‘mitaning Axborotlarni tarqatish, xalqaro hamkorlik va axborot almashuv boshqarmasi boshlig‘I O.T.Mamadaliyev sessiya davomida olgan bilim va ko‘nikmalari bilan o‘rtoqlashdi.

Qayd etilishicha, sesssiya davomida quyidagi yo‘nalishlarda statistikani takomillashtirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqilgan:

  1. Aholi va uy-joy fondini ro‘yxatga olishda ma'lumotlarni elektron yig‘ish texnologiyalari;
  2. 21-asrda Qishloq xo‘jaligi xatlovini o‘tkazish;
  3. Xalqaro mehnat migratsiyasi bo‘yicha milliy statistika tizimlarini rivojlantirish.

Taqdimot jarayonida, kun tartibidagi masalalar  keng muhokama qilindi, xalqaro tajribadan kelib chiqqan holda, olingan bilim va ko‘nikmalarni amaliyotga joriy etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berildi.  

Eslatib o‘tamiz: Joriy yilning 23–25-oktabr kunlari Davlat statistika qo‘mitasi Raisi Begalov Bahodir Abdusalomovich boshchiligidagi delegatsiya Turkiyaning Anqara shahrida o‘tkazilgan Islom hamkorlik tashkiloti (IHT) Statistika komissiyasining 8-sessiyasida ishtirok etdi.

Sessiyada IHTga a'zo 30 mamlakatdan 40 dan ortiq milliy statistika idoralari vakillari, jumladan, Islom taraqqiyot banki guruhi, BMT statistika departamenti, BMTning G'arbiy Osiyo bo‘yicha iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi, BMTning oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO), Xalqaro mehnat tashkiloti va boshqalar qatnashdi.

Axborot xizmati