07/11/2019

Davlat statistika qo‘mitasida Makroiqtisodiy indikatorlar va milliy hisoblar boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i U.Obidov 2019-yil 21-oktabr–1-noyabr kunlari Avstriyaning Vеna shahridagi Birlashgan Vеna institutida Xalqaro valyuta fondi tomonidan tashkil qilingan “Moliyaviy dasturlashtirish va siyosat” mavzusidagi o‘quv kursi taassurotlari yuzasidan taqdimot o‘tkazdi.

Taqdimot davomida U.Obidov makroiqtisodiy sеktorlar va ular o‘rtasidagi bog‘liqliklar, makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar diagnostikasi, mamlakat iqtisodiyotida ichki va tashqi barqarorlik hamda muvozanatga erishish yo‘llari kabi masalalar bo‘yicha xorijda amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha ma’lumot berdi. Shuningdek, mavzu bo‘yicha o‘zlashtirgan bilim va tajribalari xususida alohida to‘xtalib o‘tdi. Muhokamalar jarayonida statistika amaliyotiga tadbiq etish zarur bo‘lgan masalalar ko‘rib chiqildi.

Taqdimot yakunida qo‘mita xodimlarining mavzu yuzasidan bergan savollarga batafsil javob bеrildi.

Axborot xizmati