Joriy yil 5-noyabr kuni Davlat statistika qo‘mitasida 29–31-oktabr kunlari Xitoy Xalq Respublikasining Chendu shahrida Jinoyat va odil sudlov statistikasi bo‘yicha uchinchi mintaqaviy yig‘ilish natijalari bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi.
Mazkur taqdimotda Notijorat tashkilotlari faoliyati, madaniyat va turizm sohalarida statistik kuzatuvlar bo`limi boshlig‘i X.Xasanov tadbir davomida olgan tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.
Taqdimot ishtirokchilari jinoyatchilik statistikasi va odil sudlov sohasidagi yutuqlar, sohaga oid ma'lumotlar sifati va ulardan foydalanish imkoniyatlarini yaxshilash yo‘llari bilan tanishdi, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.
Taqdimot davomida mavzu bo‘yicha muhokama bo‘lib o‘tdi, olingan bilim va tajribalarni amaliyotga joriy qilish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Axborot xizmati