06/11/2019

2019-yil 6-noyabr kuni Davlat statistika qo‘mitasida “Muloqotning muhim ijtimoiy-psixologik mexanizmlari” mavzusida ma’naviyat soati tashkil etildi. Unda qo‘mita markaziy apparati xodimlari ishtirok etdi.

Tadbirga psixologiya fanlari nomzodi, dotsent Nurmat Abdusamatovich Sog’inov taklif etildi.

Nurmat Sog’inov mavzu yuzasidan fikr bildirar ekan, muloqotning muhim ijtimoiy-psixologik mexanizmlari – ishontirish, taqlid, uqtirish kabi jihatlariga alohida to‘xtalib o‘tdi. Ishontirish u yoki bu mulohaza yoki hulosani mantiqiy asoslab berish jarayonidir. Ishontirish hamsuhbat yoki tinglovchilar ongini shunday o‘zgartirishni nazarda tutadiki, u mazkur nuqtai-nazarni himoya etish va shunga muvofiq harakat qilishga tayyorlikni vujudga keltiradi.

Uchrashuvda shuningdek, muomala jarayonini tashkil etishda o‘zaro ta'sir ahamiyati, muomala jarayoni shaxslararo va guruhlararo munosabatlar xususida ham so‘z yuritildi. Muloqot jarayonida odamlar bir-birlari bilan ma'lumot almashish, o‘zaro bir-biriga ta'sir ko‘rsatish, anglash, tushunish, idrok qilish kabi jihatlari bo‘yicha ham fikr-mulohazalar almashildi.

Tadbir so‘ngida mavzu yuzasidan savol-javoblar tashkil etildi. Nurmat Sog’inov ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berdi

Axborot xizmati