06/11/2019

Davlat statistika qo‘mitasida 2019-yil 28–31-oktabr kunlari Shveytsariyaning Jeneva shahrida BMTning Yevropa bo‘yicha iqtisodiy komissiyasi tomonidan tashkil etilgan migratsiya statistikasi bo‘yicha seminar natijalariga bag‘ishlangan taqdimot o‘tkazildi.

Mazkur seminarda Davlat statistika qo‘mitasi Demografik ko‘rsatkichlarni shakllantirish bo‘limi boshlig‘i Sherzod Dusnayev xizmat safari davomida olgan ma'lumot  va tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.

Jumladan, seminar va ishchi sessiyada muhokama qilingan migratsiya statistikasi sohasidagi so‘nggi yangiliklar, migratsiya ma’lumotlarini yig‘ish bo‘yicha yangi usullar hamda xorijiy davlatlarning migratsiya statistikasi kuzatuv natijalari va boshqa ko‘plab yo‘nalishlar bo‘yicha qator masalalarga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Seminar davomida mavzu bo‘yicha olingan bilim va tajribalar yuzasidan fikr-mulohaza almashinib, qatnashchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berildi.

Axborot xizmati