05/11/2019

Joriy yil 4-noyabr kuni Davlat statistika qo‘mitasida 28–29-oktabr kunlarida Shveytsariyaning Jeneva shahrida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yevropa Iqtisodiy Komissiyasi tomonidan tashkil etilgan “Ekologik statistika va ko‘rsatkichlar bo‘yicha qo‘shma maqsadli guruhlarning 16-sessiyasi” natijalari bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi. 

Mazkur taqdimotda Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilar faoliyatini statistik kuzatuvlari bo‘limi bosh mutaxassisi Nigora Dehqanova sessiya davomida olgan o‘z tajribalari  bilan o‘rtoqlashdi.

Qo‘shma maqsadli guruh faoliyatining ishlab chiqarish potensialini mustahkamlash va statistik ma'lumotlar almashishning so‘nggi natijalariga oid qator savollarga javob berildi. Xususan, atrof muhit sohasida, yashil o‘sish va iqlim o‘zgarishi indikatorlari, ekologik axborotlarning umumiy tizimi indikatorlari bo‘yicha ma'lumotlarga o‘zgartirishlar kiritish uchun taqdim etildi.

Taqdimot davomida yuqorida keltirilgan mavzu bo‘yicha muhokama bo‘lib o‘tdi, olingan bilim va tajribalarni amaliyotga joriy qilish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Axborot xizmati