2019-yil 4-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasida Buyuk Britaniya Birlashgan Qirolligi Davlat aloqa xizmati delegatsiyasi vakillari seminar o‘tkazdi.
Seminarda Davlat statistika qo‘mitasi va Buyuk Britaniya Birlashgan Qirolligi Davlat aloqa xizmati o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik va axborot almashuv masalalari ko’rib chiqildi.
Tadbir davomida ishtirokchilar guruhlarga bo‘lingan holda axborotni e'lon qilishda tezkorlik, oshkoralik, ochiqlik tamoyillari bo‘yicha takliflar bildirdi.
Bundan tashqari, Buyuk Britaniya Birlashgan Qirolligi Davlat aloqa xizmati vakillari – Adam Torndayk va Nina Peronius Davlat statistika qo’mitasi Axborot xizmati faoliyatini takomillashtirishga ko‘maklashish bo‘yicha Buyuk Britaniya tajribasi bilan o‘rtoqlashdi, shuningdek O’zbekiston Respublikasining Ochiq ma’lumotlar portalini faoliyatini takomillashtirish bo’yicha ko’maklashish masalalari muhokama qilindi.
Seminar yakunida Buyuk Britaniya Birlashgan Qirolligi Davlat aloqa xizmati delegatsiyasi vakillari Davlat statistika qo`mitasi rahbariyatiga minnatdorlik bildirib, kelajakda yanada samarali hamkorlik qilishga umid bildirishdi.
Axborot xizmati