2019-yil 10–30-oktabr kunlari Xitoy Xalq Respublikasining Pekin shahrida rivojlanayotgan davlatlarda “Barqaror rivojlanish – 2030” doirasida kambag‘allikni kamaytirish mavzusida seminar bo`lib o`tdi.
Mazkur seminar Xalqaro biznes rasmiy vakillari Akademiyasi (Academy for International Business Officials) va Xitoy Xalq Respublikasi Tijorat vazirligi tomonidan tashkil etildi.
Tadbirda O`zbekiston, Kamboja, Iroq, Yamayka, Laos, Keniya, Liberiya, Malaviy, Mog‘iliston, Panama, Shri-Lanka davlatlarining turli vazirlik va idoralari vakillari ishtirok etdi. Davlat statistika qo'mitasining Aholi turmush darajasi va kuzatuvlari statistikasi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari – Aholining turmush darajasi indikatorlarini shakllantirish va tahlil etish bo‘limi boshlig‘i U.Madaminov hamda Statistik instrumentariyni rivojlantirish va sifatni boshqarish bo`limi bosh mutaxassisi K.Abdugafarov ham qatnashdi.
Seminar davomida ishtirokchilar “Xitoyda kambag‘allikka qarshi kurashishda strategiya siyosati va amaliyot”, Xitoyning “Barqaror rivojlanish – 2030” dasturi doirasida amalga oshirilgan ishlari hamda kam ta’minlangan aholiga imtiyozli kredit berishning turlari va shartlari bilan tanishdi.
Axborot xizmati