2019-yilning 21-oktyabridan 1-noyabrigacha Davlat statistika qo‘mitasida Osiyo taraqqiyot banki ishchi guruhining ekspertlari bilan “Salohiyat va bilimlarni oshirish (KSTA) 9356-REG (Rivojlanish uchun ma’lumotlar)” nomli texnik ko‘mak loyihasi doirasida samarali uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida Osiyo taraqqiyot banki iqtisodiy tadqiqotlar va mintaqaviy hamkorlik Departamenti maslahatchilari – Nikko Andjelo Antonio va Albert San-Xuanlar Davlat statistika qo‘mitasi mutaxassis xodimlari bilan hamkorlikda “Reg-system” tizimini takomillashtirish maqsadida yangi dasturni amaliyotga joriy etish bo‘yicha bir qator masalalarga oydinlik kiritib olishdi. Shu bilan birgalikda kelgusi uchrashuvlarda bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan ham batafsil kelishib olindi.
Osiyo taraqqiyot banki ishchi guruhining oxirgi kungi uchrashuvi Davlat statistika qo‘mitasi raisining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va axborot xavfsizligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Z.Ziyayev ishtirokida bo‘lib o‘tdi.
Axborot xizmati