Davlat statistika qo‘mitasida 2019-yilning 22–24 oktabr kunlari Janubiy Koreyaning Seul shahrida Xalqaro mehnat tashkiloti hamda Koreya statistika boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan 5-xalqaro mehnat migratsiyasi bo‘yicha seminar natijalariga bag‘ishlangan taqdimot o‘tkazildi.
Mazkur seminarda Davlat statistika qo‘mitasi Aholi, demografiya va mehnat statistikasi bo‘yicha yig‘ma tahliliy axborotlarni shakllantirish bo‘limi bosh mutaxassisi Jamshid Eshniyazov xizmat safari davomida olgan ma'lumotlari va tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.
Jumladan, seminarda muhokama qilingan Xalqaro mehnat tashkiloti faoliyatining so‘nggi natijalari, Jahon Banki va Xalqaro mehnat tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan chet el ishchi kuchini jalb qilish harajatlarini aniqlash bo‘yicha so‘rovnoma shakli, kelgusi yllar uchun xalqaro mehnat migratsiya statistikasi ko‘rsatkichlarini shakllantirish bo‘yicha so‘rovnoma kabi boshqa ko‘plab yo‘nalishlar bo‘yicha qator masalalarga alohida to‘xtalib o‘tildi.
Seminar davomida yuqoridagi mavzular bo‘yicha olingan bilim va tajribalar yuzasidan fikr-mulohaza almashinib, qatnashchilarning qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berildi.
Axborot xizmati