Joriy yilning 29-oktabridan boshlab Toshkent shahridagi INHA universitetida vazirlik va idoralar xodimlari uchun “Ochiq ma’lumotlarga kirish” malaka oshirish kurslari bo‘lib o‘tmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-apreldagi “Davlat boshqaruvining ochiqligi va shaffofligini ta`minlash hamda mamlakatning statistika salohiyatini oshirish yuzasidan qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining O‘zbekistondagi loyihalari Koordinatori hamda Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki IT-park tomonidan vazirlik va idoralar xodimlari uchun “Ochiq ma’lumotlarga kirish” malaka oshirish kurslari tashkil etildi.
Mazkur o‘quv kurslarining asosiy maqsadi etib, “Ochiq ma’lumotlar”, ularning ahamiyati va zarurligi, ulardan foydalanishning afzalliklari, O‘zbekiston Respublikasining Ochiq ma’lumotlar portalida ma’lumotlar to‘plamlarini joylashtirish bo‘yicha ko‘nikmalarni hosil qilish ko‘zda tutilgan.
Axborot xizmati