28/10/2019

2019-yil 22–24-oktabr kunlari Janubiy Koreyaning Seul shahrida bo`lib o`tgan Osiyo va Okeaniya hududlarining 5-xalqaro mehnat migratsiyasi seminarida Davlat statistika qo`mitasi Aholi, demografiya va mehnat statistikasi bo‘yicha yig‘ma tahliliy axborotlarni shakllantirish bo‘limi bosh mutaxassisi Jamshid Eshniyazov ishtirok etdi.

Seminarning asosiy maqsadi xalqaro mehnat migratsiyasi statistikasi sohasidagi so‘nggi yangiliklar, xalqaro mehnat migratsiyasi ma’lumotlarini yig‘ish bo‘yicha yangi usullar hamda 2018-yil uchun xalqaro mehnat migratsiyasi statistikasi natijalari bilan ishtirokchilarni tanishtirish edi.

Ushbu seminarda Armaniston, Ozarbayjon, Bangladesh, Butan Xitoy, Fiji, Gruziya, Hindiston, Eron, Qozog‘iston, Janubiy Koreya, Qirg‘iziston, Mo‘g‘iliston, Nepal. Pokiston, Papua, Yangi Gvineya, Samoa, Shri-Lanka, Tojikiston, Turkiya va O‘zbekiston davlatlaridan statistika organlari hamda mehnat vazirligi  mutaxassislari, Xalqaro mehnat migratsiyasi (XMT), Koreya Statistika boshqarmasi (KOSTAT), Koreya Statistika boshqarmasi huzuridagi Koreya statistikasini rivojlantirish instituti (KSPI) ekspertlari ishtirok etishdi.

Seminar davomida Xalqaro mehnat migratsiya tashkiloti faoliyatiga tegishli taqimotlar qilinib, mehnat migratsiyasini ishga jalb qilish jarayonidagi harajatlarni aniqlash bo‘yicha Jahon Banki hamda XMT tomonidan ishlab chiqilgan so‘rovnoma shakli bo‘yicha seminar ishtirokchilariga batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, seminar ishtirokchi davlatlarining xalqaro mehnat migratsiyasi bo‘yicha taqimotlar tinglandi.

 

Axborot xizmati