25/10/2019

Joriy yil 24-oktabr kuni Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida “Oqdaryo tumani misolida hududiy statistika organlari faoliyatini tashkil etish masalalari” mavzusida o’quv-amaliy seminar bo’lib o’tdi.

Unda Samarqand viloyati statistika boshqarmasi rahbariyati, tarmoq va hududiy statistika bo’limlari boshliqlari ishtirok etishdi. Tadbirni Samarqand viloyat statistika boshqarmasi boshlig’i Soatali Abirahmatov ochib berdi. Seminar davomida Oqdaryo tuman statistika bo’limi boshlig’i va xodimlari so’zga chiqib, tizimda amalga oshirilayotgan ishlar haqida atroflicha ma’lumot berdi.

Tadbir ishtirokchilari statistika organlarida me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan ishlash, ish yuritish, ijro nazorati va ijro intizomi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 31-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 3165-son Qarori ijrosini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar xususida ham alohida to֥‘xtalib o‘tdi. Davlat statistika ishlarini ishlab chiqarish dasturi doirasida bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar bo‘yicha tushuncha berildi. Davlat statistikasi sohasida huquqbuzarliklar profilaktikasi, statistik ma’lumotlarning to‘liq va ishonchliligini ta’minlash bo‘yicha qilinishi zarur bo‘lgan vazifalar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. Korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish borasidagi amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Qizg’in savol-javoblarga boy tarzda o’tgan seminar yakunida kelgusida bajarilishi kerak bo‘lgan ishlar belgilab olindi.

Axborot xizmati