23/10/2019

Joriy yilning 23-oktabr kuni Davlat statistika qo‘mitasida “Muomala madaniyati va boshqaruv qobiliyati” mavzusida seminar tashkil etildi. Unda qo‘mita markaziy apparati xodimlari ishtirok etdi.

Tadbirga Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Kasb ta’limi (iqtisodiyot) kafedrasi dotsenti Ra’no Abdullayeva taklif etildi. U yuksak huquqiy ong va kadrlar salohiyati xususida atroflicha so‘z yuritdi.

Seminarni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad – kadrlar salohiyatini oshirish, xodimlar o‘rtasida muomala madaniyati va do‘stona muhitni qaror toptirish, rahbar kadrlar ish uslubi va boshqarish qobiliyatini takomillashtirishga ko’maklashishdir.

Ra’no Abdullayeva mavzu yuzasidan fikr bildirar ekan, muomala madaniyati insonning butun hayoti va faoliyati davomida – oilada, jamiyatda, jamoa orasida shakllanishini ta’kidladi.

Seminarda jamiyatimizda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish zaruriyati, jamoat joyida o‘zini tutish qoidalari, muomala madaniyatining salbiy va ijobiy tomonlari haqida so‘z yuritilib, hayotiy misollar yordamida atroflicha tushuntirildi.

Tadbir so‘ngida xodimlarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berildi.

Axborot xizmati