Davlat statistika qo‘mitasida 21-oktabrdan 1-noyabrga qadar Osiyo taraqqiyot banki ishchi guruhi tomonidan xodimlarning bilimi va tajribasini oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlash va yordamlashish maqsadida turli uchrashuvlar tashkil etiladi.
OTB ishchi guruhining dastlabki uchrashuvi Dаvlаt stаtistikа qo‘mitаsi Rаisining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va axborot xavfsizligi masalalari bo`yicha o`rinbosari Z.Ziyayev bilan bo‘ldi.
Tadbirlarni tashkil etishdan maqsad – O‘zbekistonda korxonalar reestri talablariga muvofiq ishlab chiqilgan statistik registrining takomillashtirilgan tizimi loyihasini ko‘rib chiqish va qo‘mita xodimlari bilan birgalikda muhokama qilishdan iborat.
Uchrashuv davomida “Yagona darcha” ro‘yxatiga olish tizimini rivojlantirish, takomillashtirilgan veb-sayt andozalarini namoyish etish borasida so‘z yuritildi.
Tomonlar statistika biznes-reestri va Davlat statistika qo‘mitasining rasmiy veb-saytini yanada takomillashtirish bo‘yicha ham fikr-mulohaza almashdi.
Axborot xizmati