2019-yil 18-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasida “Aholi tabiiy harakati statistikasi” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.
Unda 2019-yilning 7–11-oktabr kunlari Qirg‘izistonning Bishkek shahrida aholi tabiiy harakati to‘g‘risidagi statistikasining demografik ko‘rsatkichlarini shakllantirish bo‘yicha o‘tkazilgan seminar natijalari muhokama qilindi.
Seminarda Davlat statistika qo‘mitasining Demografik ko‘rsatkichlarni shakllantirish bo‘limi bosh mutaxassisi Olimjon Sidiqov Aholi tabiiy harakati statistikasi va mazkur jarayonda fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvlarini qayd etishning muhim ahamiyati bo‘yicha taqdimot namoyish etdi.
Taqdimot davomida ishtirokchilar mavzu yuzasidan fikr bildirib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldi.
Axborot xizmati