Joriy yilning 14–15-oktabr kunlari Davlat statistika qo‘mitasida MDH Statistika qo‘mitasi va Belarus Respublikasi statistika xizmati mutaxassislari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasining “Xalqaro taqqoslash dasturi – 2017” doirasidagi ishtiroki bo‘yicha amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida “Xalqaro taqqoslash dasturi – 2017” bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha muhokama qilindi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining ushbu dastur doirasidagi ishtirokida ayrim turdagi tovar va xizmatlarning iste'mol narxlari kuzatuvlari, ularni ro‘yxatga olish tartibi hamda narxlar statistikasi sohasiga oid bir qancha masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar bildiridi. Shuningdek, YaIM dizagregatsiyasining uy xo‘jaliklari va davlat sektori xususidagi masalalarga alohida to‘xtalib o‘tildi.
Seminarda Davlat statistika qo‘mitasi va Belarus Respublikasi statistika xizmati xodimlari xalqaro taqqoslash maqsadlari uchun YaIM dezagrigatsiyasi masalasini alohida muhokama qilishdi.
Ikki kunlik seminar yakunida tomonlar kun tartibidagi masalalar bo‘yicha o‘zaro tajriba almashib, kelgusida Davlat statistika qo‘mitasi va Belarus Respublikasi statistika xizmati hamkorligida amalga oshiriladigan vazifalar belgilab olindi.
Uchrashuv samimiy va do'stona ruhda o'tdi.
Axborot xizmati