17/10/2019

2019-yil 17-oktabr  kuni Davlat statistika qo‘mitasida “Statistik jadval va grafiklar” mavzusida seminar tashkil etildi. Unda qo‘mita markaziy apparati xodimlari ishtirok etdi.

Seminarda Kadrlar malakasini oshirish va statistik  tadqiqotlar instituti Makroiqtisodiy statistika va milliy hisoblar kafedrasi dotsenti G‘.Ismoilov mavzu yuzasidan fikr bildirdi.

Tadbirni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad – statistik ma’lumotlarni jadval va grafiklarda to‘g‘ri va aniq aks ettirishning samaradorligini yanada oshirish hamda bu borada yuzaga kelayotgan muammolarni  atroflicha muhokama qilish.

Seminar davomida mavzu bo‘yicha nazariy ma’lumotlar va ularning amaliyotda qo‘llanilishiga doir tushunchalar berildi.

Shuningdek, ma’lumotlarni jadval va grafiklarda aks ettirish jarayonida qaysi jihatlarga  e’tibor berilishi kerakligi hamda ularning statistik ahamiyati haqida fikr almashildi.

Axborot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech