17/10/2019

2019-yil 16-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasida Suv bosimi va suvdan samarali foydalanish” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.

Unda 2019-yilning 8–10-oktabr kunlari Olmaota shahrida (Qozog‘iston) O‘rta Osiyo mamlakatlari uchun suv bosimi va suvdan samarali foydalanish bo‘yicha barqaror rivojlanish maqsadlari ko‘rsatkichlari bo‘yicha o‘tkazilgan seminar natijalari muhokama qilindi.

Seminarda Davlat statistika qo‘mitasining Barqaror rivojlanish va ijtimoiy soha tarmoqlari statistikasi bo‘yicha yig‘ma tahliliy axborotlarni shakllantirish bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari O.V.Aleshunina milliy darajada 6.4.1 "Suvdan foydalanish samaradorligining o‘zgarishi dinamikasi" va 6.4.2 "Suv bosimi darajasi: mavjud bo‘lgan chuchuk suv zahiralariga nisbatan foiz hisobida chuchuk suvning olinishi" BRM ko‘rsatkichlari monitoringi, hisoblash uslubiyati bo‘yicha taqdimot namoyish etdi.

Taqdimot davomida ishtirokchilar mavzu yuzasidan fikr bildirdi, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldi.

 

Axborot xizmati