15/10/2019

Joriy yilning 14–15-oktabr kunlari Davlat statistika qo‘mitasida MDH Statistika qo‘mitasi va Belarusiya Respublikasi statistika xizmati ekspertlar guruhi ishtirokida O‘zbekiston Respublikasining Xalqaro taqqoslash dasturi – 2017 (MDH XTD 2017) doirasida eksperimental tarzda ishtirok etishiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘z ishini boshladi. Ekspertlar tashrifini Davlat statistika qo‘mitasi Raisi Begalov Baxodir Abdusalomovich samimiy tarzda  qutlab, yig‘ilishni ochiq deb e'lon qildi.

Uchrashuv davomida Davlat statistika qo‘mitasi va Belarusiya Respublikasi statistika xizmati xodimlari xalqaro taqqoslash maqsadlari uchun YaIM dezagrigatsiyasi masalasini muhokama qilishdi.

Ikki kunlik tashrifning birinchi kunidagi muzokaralar davomida Xalqaro taqqoslash dasturi 2017 doirasida O‘zbekistonning eksperimental tarzdagi ishtiroki bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar natijalari, alohida tovar va xizmatlarning iste'mol narxlarini ro‘yxatga olish masalasi, YaIM dizagregatsiyasining uy xo‘jaliklari va davlat sektori bo‘yicha masalalariga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Shuningdek, MDH statistika qo‘mitasi va Belarusiya Respublikasi statistika xizmati o‘rtasidagi kelgusidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Axborot xizmati