14/10/2019

2019-yil 6–12-oktabr kunlari Moskva shahrida (Rossiya) iste'mol narxlari, uy-joy narxlari va qishloq xo‘jaligi indekslarini hisoblash usullari va tadbirkorlik subyektlar o‘rtasida tanlanma kuzatuvlar o‘tkazish amaliyoti, qishloq xo‘jaligi va biznesni ro‘yxatga olish bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Rossiya statistika federal xizmati va O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi vakillari ishtirok etdi.

Uchrashuvda narxlar statistikasi, qishloq xo‘jaligi va tadbirkorlik sohasida ishlovchi mutaxassislar qatnashdi. Davlat statistika qo‘mitasidan Statistika ishlarini tashkil etish va metodologiya boshqarmasi boshlig‘i M.Husanova hamda Iste`mol narxlari statistikasi va iste`mol narxlari indeksi bo`limi boshlig‘i M.Jamolov ishtirok etdi.

Ushbu tadbir iste'mol narxlari, uy-joy narxlari va qishloq xo‘jaligi indekslarini hisoblash usullari va tadbirkorlik subyektlar o‘rtasida tanlanma kuzatuvlar o‘tkazish amaliyoti, qishloq xo‘jaligi va biznesni ro‘yxatga olish bo‘yicha Rossiya tajribasini o‘rganish maqsadida tashkil etildi. 

Axborot xizmati