2019-yilning 10-oktabr kuni Davlat statistika qo‘mitasida FilippinRespublikasining Manila shahrida bo‘lib o‘tgan Milliy hisoblar tizimi maxsus mavzulari bo‘yicha mintaqaviy seminar bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi.
Unda Joriy hisoblar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Ziyoda Kamilova va Joriy hisoblar bo‘limi bosh mutaxassisi Tatyana Kuksina xizmat safari davomida o‘rgangan ma'lumotlari, bilim, ko‘nikma va tajribalari, shuningdek, xalqaro ekspertlarning tavsiyalari bilan o‘rtoqlashdi.
Taqdimot davomida doimiy narxlardagi resurslar va ishlatilish jadvallari, asosiy kapitalning iste’moli, sug‘urta xizmatlari, zahiralardagi o‘zgarishlarni hisoblash kabi mavzular bo‘yicha olingan bilim va tajribalar yuzasidan fikr-mulohaza almashinib, qatnashchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berildi.
Axborot xizmati