Shu yilning 10-oktabr kuni Davlat statistika qo‘mitasida Tbilisi shahrida bo‘lib o‘tgan “Gruziyaning energetika siyosati va uning rivojlanish tendentsiyalari”ga bag‘ishlangan seminar bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi.
Unda sanoat statistikasi boshqarmasi boshlig‘i Sardor Jo‘rayaev xizmat safari davomida o‘rgangan ma'lumotlari, bilim, ko‘nikma va tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.
Gruziyaning milliy ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish va energiya xavfsizligi maqsadlariga muvofiq uzoq muddatli energiya strategiyasi, energiya bozori va sanoatining funksional siyosati hamda metodologik hujjatlarni ishlab chiqishga oidmasalalar yuzasidan taqdimot qilindi.
Shuningdek, taqdimot davomida mavzuga oid boshqa ko‘plab masalalarga oydinlik kiritildi hamda qatnashuvchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berildi.
Axborot xizmati