2019-yil 10-oktabr kuni Davlat statistika qo‘mitasida “Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni dinamika qatorlari usulida statistik tahlil qilish” mavzusida seminar tashkil etildi. Unda qo‘mita markaziy apparati xodimlari ishtirok etdi.
Seminarda Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti direktori, i.f.d., professor B.G‘oyibnazarov hamda Makroiqtisodiy statistika va milliy hisoblar kafedrasi dotsenti G‘.Ismoilov mavzu yuzasidan fikr bildirdi.
Tadbirni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad – o‘rganilayotgan ma’lumotlarni dinamika qatorlari usulida statistik tahlil qilishning samaradorligini yanada takomillashtirish hamda bu borada yuzaga kelayotgan muammolarni atroflicha muhokama qilish.
Seminar davomida mavzu bo‘yicha nazariy ma’lumotlar va ularning amaliyotda qo‘llanilishiga doir tushunchalar berildi.
Shuningdek, dinamika qatorlarining mohiyati va ular o‘rtasidagi o‘zgarishni ifodalovchi ko‘rsatkichlar hamda ularning statistik ahamiyati haqida fikr almashildi.
Axborot xizmati