07/10/2019

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yevropa Iqtisodiy Komissiyasi tomonidan 2019-yilning 3–4-oktabr kunlari Shveytsariyaning Jeneva shahrida Iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq statistik ma'lumotlarni ishlab chiqaruvchi va foydalanuvchilar uchun BMTning Yevropa Iqtisodiy Komissiyasi ekspertlari forumi o‘tkazildi.

Mazkur tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasidan Qishloq xo‘jaligi va ekologiya statistikasi boshqarmasining Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilar faoliyatini statistik kuzatuvlari bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari A. Kadirov ishtirok etdi.

Tadbirning boshqaruv guruhi tarkibiga Lyuksemburg (Rais), Italiya, Qirg‘iziston, Meksika, Niderlandiya, Rossiya Federatsiyasi, Shvetsiya va Yevropa atrof-muhit agentligi, Yevrostat, FAO, Xalqaro energetika agentligi va Midsummer tahliliy guruhi vakillari va BMT doiraviy kelishuvining kotibiyat vakillari kiradi.

Forumda Armaniston, Ozarbayjon Belarus, Bosniya va Gersegovina, Braziliya, Chexiya, Finlandiya, Fransiya, Gruziya, Germaniya, Vengriya, Irlandiya, Italiya, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Luksemburg, Meksika, Niderlandiya, Yangi Zelandiya, Polsha, Moldova, Rossiya, Serbiya, Slovakiya, Ispaniya, Shveytsariya,   Tojikiston, Turkiya, Ukraina va Buyuk Britaniya mamlakatlarining iqlim o‘zgarishi sohasi bo‘yicha mutaxassislari va statistika xodimlari ishtirok etdi.

Forumdan ko‘zlangan asosiy maqsad – taqdim etuvchilar va foydalanuvchilar uchun iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq rasmiy statistik ma'lumotlarni shakllantirishdagi tajribalarni almashish va mukammal hisobot shakllarini yaratish.

 

Axborot xizmati