07/10/2019

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 28 martdagi “Veterinariya va chorvachilik sohasida davlat  boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5696-son Farmoni, “O’zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-4254-son qarori, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2019 yil 18 maydagi 11/5-sonli “Tenge Bank” aksiyadorlik tijorat bankini ro‘yxatdan o‘tkazish va unga bank operatsiyalarini amalga oshirish uchun litsenziya berish to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining 2019 yil 30 sentyabrdagi 100-son buyrug‘i bilan Davlat va xo‘jalik boshqaruvi idoralarini belgilash tizimi idoraviy statistik ma’lumotnomasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

O’zgartirilgan ma’lumotnoma bilan rasmiy saytning “Statistik tasniflagichlar” bo‘limi orqali tanishish mumkin.

Axborot xizmati