Davlat statistika qo‘mitasida shu yilning 2019-yilning 23–26-sentabr kunlari Hindistonning Nyu-Deli shahrida BMTning aholi punktlari bo’yicha dasturi tomonidan tashkil etilgan “Barqaror Rivojlanish Maqsadlarini (BRM) global darajada monitoring qilishni qo‘llab-quvvatlashda shahar, shaharchalar, qishloq joylari ta'rifini qo‘llash imkoniyatini baholash” mavzusidagi seminar natijalariga bag‘ishlangan taqdimot o‘tkazildi.
Unda Davlat statistika qo‘mitasi Aholi, demografiya va mehnat statistikasi bo‘yicha yig‘ma tahliliy axborotlarni shakllantirish bo‘limi bosh mutaxassisi Jamshid Eshniyazov xizmat safari davomida olgan ma'lumotlari va tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.
Jumladan, seminarda muhokama qilingan shahar va shaharchalarga qo’yiladigan talablar, va shahar, shaharchalardagi infratuzilmani baholashda GIS texnologiyalardan foydanalish imkoniyatlari, urbanizasiya darajasini aniqlashda infratuzilmaning o’rni hamda boshqa ko‘plab yo‘nalishlar bo‘yicha qator masalalarga alohida to‘xtalib o‘tildi. Seminar davomida yuqoridagi mavzular bo‘yicha olingan bilim va tajribalar yuzasidan fikr-mulohaza almashinib, qatnashchilarning qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berildi.
Axborot xizmati