03/10/2019

Joriy yilning 2-oktabr kuni Davlat statistika qo'mitasida Buyuk Britaniya Xalqaro rivojlanish departamentining Markaziy Osiyodagi boshlig'ining o'rinbosari va davlat boshqaruvi bo'yicha maslahatchisi Devid Rinnert bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuv Davomida rasmiy statistikani to'plash mexanizmi, ma'muriy ma'lumotlardan foydalanish, Davlat statistika qo'mitasining uy xo'jaliklari byudjetini tadqiq qilish dasturlari va ko'p ko'rsatkichli klasterli tadqiqotlarining amalga oshirilishi muhokama qilishdi.

Uchrashuv yakunida tomonlar ikki tomonlama hamkorlik masalalari va statistika sohalarining rivojlanish strategiyalarini muhokama qildi.

Uchrashuv samimiy va do'stona ruhda o'tdi.

Axborot xizmati