02/10/2019

2019-yil 30-sentabr 4-oktabr kunlari Davlat statistika qo‘mitasida Jahon banki guruhining texnik yordam missiyasi Jahon banki bosh iqtisodchisi Mustafo Dinch boshchiligida o‘z faoliyatini boshladi.

Missiyaning asosiy maqsadi – statistikani rivojlantirishning milliy strategiyasini ishlab chiqish, uy xo‘jaliklarining byudjetini o‘rganishda texnik yordam ko‘rsatish va “O‘zbekiston fuqarolari bilan muloqot qilish” jarayonlaridan iborat.

Mazkur missiya doirasida 2019-yil 2-oktabr kuni Davlat statistika qo‘mitasi rahbari Baxodir Abdusalomovich  Begalov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Prezentasiyada statistikani rivojlantirishning milliy strategiyasi asosiy printsiplari yoritildi va Birlashgan Millatlar Tashkilotining xalqaro tajribasini hisobga olgan holda amaliy tavsiyalar berildi.

Missiya faoliyati bo‘yicha dastlabki hisobot taqdim etildi va statistika amaliyotidagi eng muhim savollar hamda statistikani rivojlantirishning milliy strategiyasi tarkibi bo‘yicha savol-javoblar o‘tkazildi.

 

Axborot xizmati