Davlat statistika qo‘mitasida shu yilning 2019-yilning 24–26-sentabr kunlari Moldavaning Kishinyov shahrida EUROSTAT, UNECE, EFTA tomonidan tashkil etilgan “Statistika hamkorligidagi keyingi qadam” mavzusidagi seminar natijalariga bag‘ishlangan taqdimot o‘tkazildi.
Unda Davlat statistika qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Z.Ziyayev va Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish va interaktiv davlat xizmatlari boshqarmasi boshlig‘i Sh.Odilov xizmat safari davomida olgan ma'lumotlari va tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.
Jumladan, seminarda muhokama qilingan statistika tizimidagi so‘ngi yillarda amalga oshirilgan ishlar, mavjud muammolar, aholini ro‘yxatga olishda innovatsion usullarni qo‘llash, ma'muriy va boshqa axborot manbalaridan foydalanish, katta hajmdagi ma'lumotlardan foydalanishda yangi texnologiyalarni qo‘llash, barqaror rivojlantirish maqsadlari hamda boshqa ko‘plab yo‘nalishlar bo‘yicha qator masalalarga alohida to‘xtalib o‘tildi.
Seminar davomida yuqoridagi mavzular bo‘yicha olingan bilim va tajribalar yuzasidan fikr-mulohaza almashinib, qatnashchilarning qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berildi.
Axborot xizmati